Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/bogliqlik-komponentalari

Graf-01

Bog'liqlik komponentlari soni

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 26%

$n$ ta cho'qqi va $m$ ta qirradan iborat yo'naltirilmagan graf berilgan. Cho'qqilar $1$ dan $n$ gacha raqamlangan. Grafdagi bog'liqlik komponentalari — bir-biriga yo'l orqali bog'langan cho'qqilar guruhlari sonini toping.

Ikki bog'liqlik komponentasidan iborat graf chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita butun son: $n$ va $m$. Keyingi $m$ ta qatorning har birida ikkita natural son: $u$ va $v$ — qirra tutashtirgan cho'qqilar.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — komponentalar soni.

Izoh

$1 \le n \le 10^{5}$
$0 \le m \le 2 * 10^{5}$
$1 \le u, v \le n$
Grafda karrali qirralar va halqalar bo'lishi mumkin.

Misollar

Kirish #1
5 4
1 2
2 3
1 3
4 5
Chiqish #1
2
Kirish #2
4 0
Chiqish #2
4

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.