Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/guruhlashlar-soni

Kombin-05

Guruhlashlar soni

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Qiyin 2000 ms 128 MB 81%

Sinfda $n$ ta o'quvchi bor. Ulardan $k$ tasini olimpiadaga necha xil usulda tanlash mumkinligini aniqlang (tanlash tartibi ahamiyatsiz). Bunday $q$ ta so'rovga javob bering.

Besh o'quvchidan ikkitasini tanlashning barcha usullari chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $q$. Keyingi $q$ ta qatorning har birida ikkita butun son: $n$ va $k$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har bir so'rov uchun alohida qatorda bitta butun son — usullar sonining $10^{9} + 7$ ga bo'lgandagi qoldig'i.

Izoh

$1 \le q \le 10^{5}$
$0 \le k \le n \le 10^{6}$

Misollar

Kirish #1
3
5 2
4 0
10 10
Chiqish #1
10
1
1
Kirish #2
1
1000000 500000
Chiqish #2
996692777

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.