~/algor $ cat masalalar/kombinatorika-katalan-soni
Kombin-04
To'g'ri qavslar soni
O'rtacha
1000 ms
128 MB
66%
$n$ juft qavsdan (( va )) nechta to'g'ri qavslar ketma-ketligi tuzish mumkinligini aniqlang. Ketma-ketlik to'g'ri, agar unda $n$ ta ( va $n$ ta ) bo'lsa va uning har bir boshlang'ich qismida ( lar soni ) lar sonidan kam bo'lmasa.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta natural son $n$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son — ketma-ketliklar sonining $10^{9} + 7$ ga bo'lgandagi qoldig'i.
Izoh
$1 \le n \le 5 * 10^{5}$
Misollar
Kirish #1
3
Chiqish #1
5
Kirish #2
1
Chiqish #2
1