~/algor $ cat masalalar/kombinatorika-tartibsizliklar
Kombin-03
Hech kim o'z joyida emas
O'rtacha
1000 ms
128 MB
56%
$n$ ta o'quvchi daftarlarini topshirdi. O'qituvchi daftarlarni har bir o'quvchiga bittadan qaytarib tarqatdi, lekin hech bir o'quvchiga o'z daftari tushmadi. Bu necha xil usulda bo'lishi mumkinligini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta natural son $n$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son — usullar sonining $10^{9} + 7$ ga bo'lgandagi qoldig'i.
Izoh
$1 \le n \le 10^{6}$
Misollar
Kirish #1
3
Chiqish #1
2
Kirish #2
4
Chiqish #2
9