Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/for-eng-uzun-osuvchi-bolak

For-40

Eng uzun o'suvchi bo'lak

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 49%

Natural son $N$ hamda $N$ ta butun son $a_{1}, a_{2}, \dots, a_{N}$ berilgan. Ketma-ket turgan va har biri o'zidan oldingisidan qat'iy katta bo'lgan sonlardan iborat eng uzun bo'lak uzunligini (undagi sonlar sonini) toping. Bitta sonning o'zi ham uzunligi $1$ bo'lgan bo'lak hisoblanadi.

Ketma-ketlikdagi eng uzun o'suvchi oraliq chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda $N$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $N$ ta butun son.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — eng uzun o'suvchi bo'lak uzunligi.

Izoh

$1 \le N \le 1000$
$-10^{9} \le a_{i} \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
7
1 2 2 3 4 5 1
Chiqish #1
4
Kirish #2
3
5 4 3
Chiqish #2
1

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.