Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/for-pifagor-uchliklari

For-39

Pifagor uchliklari

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 49%

Natural son $N$ berilgan. Quyidagi shartlarni qanoatlantiruvchi barcha natural $(a, b, c)$ Pifagor uchliklarini toping:

$$a^{2} + b^{2} = c^{2}, \qquad a \lt b \lt c \le N$$

To'g'ri burchakli uchburchak va Pifagor uchliklari chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta natural son $N$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har bir uchlik alohida qatorda: $a$, $b$, $c$ bo'sh joy bilan ajratilgan. Uchliklar $a$ ning o'sishi bo'yicha, $a$ teng bo'lsa $b$ ning o'sishi bo'yicha tartiblanadi. Oxirgi qatorda — uchliklar soni (uchlik bo'lmasa, faqat 0).

Izoh

$1 \le N \le 100$

Misollar

Kirish #1
13
Chiqish #1
3 4 5
5 12 13
6 8 10
3
Kirish #2
4
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.