Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/for-tangalar-bilan-tolash

For-38

Tangalar bilan to'lash

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 48%

Natural son $N$ berilgan. $1$, $2$ va $5$ so'mlik tangalar yordamida roppa-rosa $N$ so'mni to'lashning necha xil usuli borligini aniqlang (tangalar tartibi hisobga olinmaydi):

$$5 * x + 2 * y + z = N, \qquad x, y, z \ge 0$$

Tangalar kombinatsiyasi yordamida summani to'lash chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta natural son $N$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — usullar soni.

Izoh

$1 \le N \le 1000$

Misollar

Kirish #1
7
Chiqish #1
6
Kirish #2
10
Chiqish #2
10

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.