Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/for-oraliqdagi-tub-sonlar

For-37

Oraliqdagi tub sonlar

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 48%

Natural sonlar $a$ va $b$ berilgan ($a \le b$). $a$ dan $b$ gacha bo'lgan sonlar orasida ($a$ va $b$ ham kiradi) nechta tub son borligini aniqlang.

Tub son — $1$ dan katta va faqat $1$ ga hamda o'ziga bo'linadigan natural son ($1$ tub son emas).

Oraliqdagi tub sonlarni ajratib sanash chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita natural son: $a$ va $b$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — tub sonlar soni.

Izoh

$1 \le a \le b \le 10^{4}$

Misollar

Kirish #1
1 10
Chiqish #1
4
Kirish #2
10 20
Chiqish #2
4

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.