Asosiy qismga ötiş
Seşanba (24.11.2026) soat 20:00 da: ALGOR Musobaqasi: Round #4 (Special Challenge) boşlanadi!

~/algor $ cat problems/yulduzcha-romb

Yulduzça romb

Örtaça 1000 ms 64 MB 47%
Ulaşiş

Toq natural son $n$ berilgan. Balandligi va eni $n$ bölgan rombni yulduzçalar (*) bilan çizing: örtadagi qatorda $n$ ta yulduzça, undan yuqoriga va pastga har qatorda ikkitadan kam. Har qatordagi yulduzçalar markazda turadi: ulardan oldin kerakli sondagi böş joy, keyin esa heç narsa yöq.

n = 5 uçun yulduzça romb: örtada 5 ta, yuqori va pastga 3 tadan, çetlarda 1 tadan

Kiruvçi ma'lumotlar

Bitta toq natural son $n$.

Çiquvçi ma'lumotlar

$n$ ta qator — romb.

Izoh

$1 \le n \le 49$, $n$ toq

Misollar

Kiriş #1
5
Çiqiş #1
  *
 ***
*****
 ***
  *
Kiriş #2
1
Çiqiş #2
*

Yeçim yuboriş uçun tizimga kiring

Röyxatdan ötiş bepul va bir daqiqa oladi.