Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/funksiya-kollats-eng-uzun

Funksiya-44

Kollats qadamlari

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 32%

CollatzSteps(x) funksiyasini yozing: natural son $x$ dan $1$ ga yetguncha nechta Kollats qadami bajarilishini qaytarsin. Bir qadamda son juft bo'lsa $2$ ga bo'linadi, toq bo'lsa $3 * x + 1$ ga almashtiriladi.

1-misol: CollatzSteps(6) → 8 — $6 \to 3 \to 10 \to 5 \to 16 \to 8 \to 4 \to 2 \to 1$.

2-misol: CollatzSteps(1) → 0 — $x = 1$ bo'lsa, birorta ham qadam kerak emas.

Faqat funksiya tanasini yozing.

Son CollatzSteps funksiyasiga kiradi, funksiya 1 ga yetguncha qadamlar sonini qaytaradi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda natural son $x$ — funksiyaning argumenti.

Chiquvchi ma'lumotlar

Funksiya qaytargan qiymat: butun son.

Izoh

$1 \le x \le 10^{6}$

Misollar

Kirish #1
6
Chiqish #1
8
Kirish #2
1
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.