Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/funksiya-multiplikativ-turgunlik

Funksiya-43

Raqamlar ko'paytmasi qadamlari

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 31%

Persistence(x) funksiyasini yozing: natural son $x$ bir xonali bo'lguncha uni raqamlari ko'paytmasiga almashtirib borilsa, necha qadam kerak bo'lishini qaytarsin.

1-misol: Persistence(39) → 3 — $39 \to 27 \to 14 \to 4$, $3$ qadam.

2-misol: Persistence(7) → 0 — son bir xonali, qadam kerak emas.

Faqat funksiya tanasini yozing.

Son raqamlari ko'paytmasiga almashtirilib boriladi, funksiya qadamlar sonini qaytaradi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda natural son $x$ — funksiyaning argumenti.

Chiquvchi ma'lumotlar

Funksiya qaytargan qiymat: butun son.

Izoh

$1 \le x \le 10^{15}$

Misollar

Kirish #1
39
Chiqish #1
3
Kirish #2
7
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.