Asosiy qismga ötiş
Seşanba (24.11.2026) soat 20:00 da: ALGOR Musobaqasi: Round #4 (Special Challenge) boşlanadi!

~/algor $ cat problems/nuqtalar-diametri

Töplam diametri

Qiyin 2000 ms 128 MB 67%
Ulaşiş

Tekislikda $n$ ta nuqta berilgan (ba'zilari ustma-ust tuşişi mumkin). Ular orasidagi eng katta masofani toping. Javob butun son bölişi uçun şu masofaning kvadratini çiqaring.

Nuqtalar töplami, uning qavariq qobiği va eng uzoq ikki nuqtani tutaştiruvçi kesma

Kiruvçi ma'lumotlar

Birinçi qatorda natural son $n$. Keyingi $n$ ta qatorning har birida ikkita butun son: $x_{i}$ va $y_{i}$.

Çiquvçi ma'lumotlar

Bitta butun son — eng katta masofaning kvadrati.

Izoh

$1 \le n \le 10^{5}$
$-10^{9} \le x_{i}, y_{i} \le 10^{9}$

Misollar

Kiriş #1
5
0 0
3 1
1 4
-2 2
1 1
Çiqiş #1
26
Kiriş #2
1
7 7
Çiqiş #2
0

Yeçim yuboriş uçun tizimga kiring

Röyxatdan ötiş bepul va bir daqiqa oladi.