~/algor $ cat problems/graf-barcha-masofalar
Barça juftliklar masofasi
$n$ ta çöqqi va $m$ ta yönaltirilgan qirradan iborat graf berilgan; har bir qirraning uzunligi bor. Har bir $i$ va $j$ juftlik uçun $i$-çöqqidan $j$-çöqqiga boradigan eng qisqa yöl uzunligini toping. Yöl bölmasa, $-1$ çiqaring; çöqqidan öziga masofa $0$.
Kiruvçi ma'lumotlar
Birinçi qatorda ikkita butun son: $n$ va $m$. Keyingi $m$ ta qatorning har birida uçta natural son: $u$, $v$ va $w$ — uzunligi $w$ bölgan $u \to v$ qirra.
Çiquvçi ma'lumotlar
$n$ ta qator, har birida $n$ ta butun son: $i$-qatorning $j$-soni — $i$ dan $j$ gaça masofa yoki $-1$.
Izoh
$1 \le n \le 100$
$0 \le m \le 10^{4}$
$1 \le u, v \le n$
$1 \le w \le 1000$
Karrali qirralar va halqalar bölişi mumkin.
Misollar
4 5 1 2 3 2 3 2 1 3 7 3 4 1 4 1 4
0 3 5 6 7 0 2 3 5 8 0 1 4 7 9 0
3 1 2 1 5
0 -1 -1 5 0 -1 -1 -1 0