Asosiy qismga ötiş
Seşanba (24.11.2026) soat 20:00 da: ALGOR Musobaqasi: Round #4 (Special Challenge) boşlanadi!

~/algor $ cat problems/graf-qoshnilar-royxati

Qöşnilar röyxati

Oson 1000 ms 128 MB 23%
Ulaşiş

$n$ ta çöqqi va $m$ ta qirradan iborat yönaltirilmagan graf berilgan. Çöqqilar $1$ dan $n$ gaça raqamlangan. Har bir çöqqi uçun uning qöşnilarini — u bilan qirra orqali tutaşgan çöqqilarni — ösiş tartibida çiqaring.

Graf va uning har bir çöqqisi qöşnilari röyxati

Kiruvçi ma'lumotlar

Birinçi qatorda ikkita butun son: $n$ va $m$. Keyingi $m$ ta qatorning har birida ikkita natural son: $u$ va $v$ — qirra tutaştirgan çöqqilar.

Çiquvçi ma'lumotlar

$n$ ta qator: $i$-qatorda avval $i$-çöqqi qöşnilari soni $k$, keyin ösiş tartibida $k$ ta qöşni.

Izoh

$1 \le n \le 10^{5}$
$0 \le m \le 2 * 10^{5}$
$1 \le u, v \le n$, $u \ne v$
Bir juft çöqqi orasida köpi bilan bitta qirra bor.

Misollar

Kiriş #1
5 5
1 2
1 3
4 1
2 3
3 5
Çiqiş #1
3 2 3 4
2 1 3
3 1 2 5
1 1
1 3
Kiriş #2
3 0
Çiqiş #2
0
0
0

Yeçim yuboriş uçun tizimga kiring

Röyxatdan ötiş bepul va bir daqiqa oladi.