Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/if-elektr-tolovi

If-31

Elektr uchun to'lov

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 41%

Bir oyda sarflangan elektr energiyasi miqdori $k$ kilovatt-soatda berilgan. To'lov bosqichma-bosqich hisoblanadi: dastlabki $200$ kilovatt-soatning har biri uchun $600$ so'mdan, $201$-dan $1000$-gacha bo'lgan har bir kilovatt-soat uchun $900$ so'mdan, $1000$ dan oshgan har bir kilovatt-soat uchun esa $1200$ so'mdan to'lanadi. Oylik to'lovni so'mda toping.

Elektr energiyasining uch bosqichli tarif bo'yicha to'lovi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta butun son $k$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — to'lov summasi.

Izoh

$0 \le k \le 10^{6}$

Misollar

Kirish #1
150
Chiqish #1
90000
Kirish #2
350
Chiqish #2
255000

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.