Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/if-nuqta-va-tortburchak

If-32

Nuqta va to'rtburchak

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 41%

Tomonlari koordinata o'qlariga parallel bo'lgan to'g'ri to'rtburchakning quyi chap uchi $(x_{1}; y_{1})$ va yuqori o'ng uchi $(x_{2}; y_{2})$ hamda nuqta $(x; y)$ berilgan. Nuqta to'g'ri to'rtburchakning ichida (chegarasida emas) yotsa ichida, chegarasida (tomonlarida yoki uchlarida) yotsa chegarada, aks holda tashqarida chiqaring.

Nuqtaning to'g'ri to'rtburchak ichida, chegarasida yoki tashqarisida joylashuvi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda oltita butun son: $x_{1}$, $y_{1}$, $x_{2}$, $y_{2}$, $x$ va $y$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta so'z: ichida, chegarada yoki tashqarida.

Izoh

$-10^{9} \le x_{1} \lt x_{2} \le 10^{9}$
$-10^{9} \le y_{1} \lt y_{2} \le 10^{9}$
$-10^{9} \le x, y \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
0 0 4 3 2 1
Chiqish #1
ichida
Kirish #2
0 0 4 3 4 2
Chiqish #2
chegarada

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.