Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/if-gisht-teshikdan

If-39

G'isht teshikdan o'tadimi?

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 45%

O'lchamlari $a$, $b$ va $c$ bo'lgan to'g'ri burchakli parallelepiped shaklidagi g'isht hamda devordagi $d$ va $e$ o'lchamli to'g'ri to'rtburchak teshik berilgan. G'ishtni istalgancha aylantirish mumkin, lekin teshikdan o'tayotganda uning qirralari teshik tomonlariga parallel bo'ladi. G'isht tomoni teshik tomoniga teng bo'lsa ham o'tadi. G'isht teshikdan o'ta olishini aniqlang.

Fazoviy g'ishtning to'rtburchak teshikka sig'ishini tekshirish chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda beshta natural son: $a$, $b$, $c$, $d$ va $e$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta so'z: ha yoki yo'q.

Izoh

$1 \le a, b, c, d, e \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
2 5 3 3 4
Chiqish #1
ha
Kirish #2
2 5 3 1 4
Chiqish #2
yo'q

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.