Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/uchburchak-turi

If-38

Uchburchak turi

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 44%

Uchta kesma uzunligi $a$, $b$ va $c$ berilgan. Ulardan uchburchak yasash mumkin bo'lsa, uning turini aniqlang: uchala tomoni teng bo'lsa teng tomonli, faqat ikkita tomoni teng bo'lsa teng yonli, hamma tomonlari har xil bo'lsa turli tomonli. Uchburchak yasash uchun istalgan ikki tomon yig'indisi uchinchi tomondan qat'iy katta bo'lishi kerak; yasash mumkin bo'lmasa, mavjud emas chiqaring.

Turli tomonli, teng yonli va teng tomonli uchburchaklar chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta natural son: $a$, $b$ va $c$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda mos satr: teng tomonli, teng yonli, turli tomonli yoki mavjud emas.

Izoh

$1 \le a, b, c \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
3 4 5
Chiqish #1
turli tomonli
Kirish #2
2 2 3
Chiqish #2
teng yonli

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.