Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/if-kvadrat-tenglama-ildizlari

If-37

Kvadrat tenglama ildizlari

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 44%

Butun sonlar $a$, $b$ va $c$ berilgan ($a \ne 0$). Quyidagi kvadrat tenglamaning haqiqiy ildizlarini toping:

$$a * x^{2} + b * x + c = 0$$

Kvadrat tenglama grafigi bo'lgan parabolaning absissa o'qi bilan kesishish nuqtalari chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta butun son: $a$, $b$ va $c$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ildizlar soni: $0$, $1$ yoki $2$. Ildiz mavjud bo'lsa, ikkinchi qatorda ildizlar o'sish tartibida, har biri nuqtadan keyin aynan 3 ta raqam bilan chiqariladi (masalan, 1.000 2.000). Ildiz yo'q bo'lsa, ikkinchi qator chiqarilmaydi. Yaxlitlangan natija nol bo'lsa (masalan, $-0.0001$), u 0.000 ko'rinishida chiqariladi (-0.000 emas).

Izoh

$-1000 \le a, b, c \le 1000$
$a \ne 0$

Misollar

Kirish #1
1 -3 2
Chiqish #1
2
1.000 2.000
Kirish #2
1 2 5
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.