~/algor $ cat masalalar/if-ikki-aylana
If-34
Ikki aylana
O'rtacha
1000 ms
64 MB
42%
Tekislikda ikkita aylana berilgan: birinchisining markazi $(x_{1}; y_{1})$, radiusi $r_{1}$; ikkinchisining markazi $(x_{2}; y_{2})$, radiusi $r_{2}$. Aylanalar nechta umumiy nuqtaga ega ekanini aniqlang. Agar aylanalar ustma-ust tushsa, $-1$ chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda oltita butun son: $x_{1}$, $y_{1}$, $r_{1}$, $x_{2}$, $y_{2}$ va $r_{2}$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son: $0$, $1$, $2$ yoki $-1$.
Izoh
$-10^{4} \le x_{1}, y_{1}, x_{2}, y_{2} \le 10^{4}$
$1 \le r_{1}, r_{2} \le 10^{4}$
Misollar
Kirish #1
0 0 3 4 0 2
Chiqish #1
2
Kirish #2
0 0 2 6 8 8
Chiqish #2
1