~/algor $ cat masalalar/if-manfiy-son-qoldigi
If-35
Manfiy sonning qoldig'i
O'rtacha
1000 ms
64 MB
43%
Butun son $a$ va natural son $b$ berilgan. Quyidagi shartni qanoatlantiruvchi to'liqsiz bo'linma $q$ va qoldiq $r$ ni toping:
$$a = b * q + r, \qquad 0 \le r \lt b$$
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita butun son: $a$ va $b$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita butun son: $q$ va $r$.
Izoh
$-10^{9} \le a \le 10^{9}$
$1 \le b \le 10^{9}$
Misollar
Kirish #1
17 5
Chiqish #1
3 2
Kirish #2
-17 5
Chiqish #2
-4 3