Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/ikki-korsatkich-eng-qisqa-qism

TwoPtr-04

Yig'indisi s dan kam bo'lmagan qism

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 56%

Natural son $n$, $n$ ta natural sondan iborat massiv $a$ va natural son $s$ berilgan. Ketma-ket keluvchi elementlardan iborat, yig'indisi kamida $s$ bo'lgan eng qisqa qismning uzunligini toping. Bunday qism bo'lmasa, $-1$ chiqaring.

Massivning yig'indisi kamida s bo'lgan eng qisqa uzluksiz qismi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita natural son: $n$ va $s$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta natural son $a_{i}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — eng qisqa qism uzunligi yoki $-1$.

Izoh

$1 \le n \le 10^{5}$
$1 \le a_{i} \le 10^{4}$
$1 \le s \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
6 7
2 3 1 2 4 3
Chiqish #1
2
Kirish #2
3 11
1 2 3
Chiqish #2
-1

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.