~/algor $ cat masalalar/eng-uzun-qism
TwoPtr-03
Eng uzun qism
O'rtacha
2000 ms
128 MB
45%
Natural son $n$, $n$ ta natural sondan iborat massiv $a$ va natural son $S$ berilgan. Massivning elementlari yig'indisi $S$ dan oshmaydigan eng uzun uzluksiz qismi (ketma-ket elementlari) uzunligini toping. Bunday qism bo'lmasa (har bir element $S$ dan katta bo'lsa), $0$ chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda ikkita natural son: $n$ va $S$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta natural son $a_{i}$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son — eng uzun qism uzunligi yoki $0$.
Izoh
$1 \le n \le 2 * 10^{5}$
$1 \le a_{i} \le 10^{9}$
$1 \le S \le 10^{15}$
Misollar
Kirish #1
5 7 2 1 3 4 1
Chiqish #1
3
Kirish #2
3 1 5 6 7
Chiqish #2
0