~/algor $ cat masalalar/ikki-korsatkich-yigindisi-x-juftlik
TwoPtr-02
Yig'indisi x bo'lgan juftlik
Oson
1000 ms
128 MB
33%
Natural son $n$, kamaymaydigan tartibda saralangan $n$ ta butun son $a_{1}, a_{2}, \dots, a_{n}$ va butun son $x$ berilgan. Massivda har xil o'rindagi ikkita element ($i \lt j$) bo'lib, ularning yig'indisi $x$ ga teng bo'lsa YES, aks holda NO chiqaring:
$$a_{i} + a_{j} = x$$
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda ikkita butun son: $n$ va $x$. Ikkinchi qatorda kamaymaydigan tartibdagi $n$ ta butun son $a_{i}$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Mos ravishda YES yoki NO.
Izoh
$2 \le n \le 2 * 10^{5}$
$-10^{9} \le a_{i} \le 10^{9}$
$-2 * 10^{9} \le x \le 2 * 10^{9}$
Misollar
Kirish #1
5 13 1 4 6 9 11
Chiqish #1
YES
Kirish #2
4 3 1 1 5 8
Chiqish #2
NO