Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/massiv-arifmetik-progressiya

Massiv-16

Arifmetik progressiya hadlari

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 26%

Natural son $n$ ($n \ge 2$), birinchi had $A$ va ayirma $D$ berilgan. Arifmetik progressiyaning dastlabki $n$ ta hadidan iborat massivni hosil qiling va chiqaring:

$$A, \quad A + D, \quad A + 2 * D, \quad \dots$$

Arifmetik progressiya hadlaridan iborat massiv chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta butun son: $n$, $A$ va $D$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son.

Izoh

$2 \le n \le 1000$
$-1000 \le A, D \le 1000$

Misollar

Kirish #1
5 3 4
Chiqish #1
3 7 11 15 19
Kirish #2
4 10 -2
Chiqish #2
10 8 6 4

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.