~/algor $ cat masalalar/massiv-geometrik-progressiya
Massiv-17
Geometrik progressiya hadlari
Oson
1000 ms
128 MB
26%
Natural son $n$ ($n \ge 2$), birinchi had $A$ va maxraj $R$ berilgan. Geometrik progressiyaning dastlabki $n$ ta hadidan iborat massivni hosil qiling va chiqaring:
$$A, \quad A * R, \quad A * R^{2}, \quad \dots$$
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda uchta butun son: $n$, $A$ va $R$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son.
Izoh
$2 \le n \le 20$
$1 \le A \le 20$
$2 \le R \le 5$
Misollar
Kirish #1
4 3 2
Chiqish #1
3 6 12 24
Kirish #2
3 5 3
Chiqish #2
5 15 45