Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/ikkinchi-eng-katta

Massiv-37

Ikkinchi eng katta

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 45%

Natural son $n$ va $n$ ta butun sondan iborat massiv berilgan. Massivdagi ikkinchi eng katta qiymatni toping: bir xil qiymatlar bitta deb hisoblanadi (masalan, $5, 5, 3$ massivida ikkinchi eng katta qiymat $3$). Massivda har xil qiymatlar ikkitadan kam bo'lsa, $-1$ chiqaring.

Massivdagi ikkinchi eng katta elementni topish chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $n$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — ikkinchi eng katta qiymat yoki $-1$.

Izoh

$1 \le n \le 10^{5}$
$0 \le a_{i} \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
5
4 9 2 9 7
Chiqish #1
7
Kirish #2
3
5 5 3
Chiqish #2
3

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.