Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/massiv-oraliq-yigindisi

Massiv-38

Oraliq yig'indisi so'rovlari

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 52%

Natural son $n$, $n$ ta butun sondan iborat massiv va $q$ ta so'rov berilgan. Har bir so'rovdagi $l$ va $r$ indekslar uchun oraliq yig'indisini hisoblang:

$$S = a_{l} + a_{l+1} + \dots + a_{r}$$

Massivning so'ralgan oraliqlaridagi yig'indilar chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita butun son: $n$ va $q$. Ikkinchi qatorda $n$ ta butun son. Keyingi $q$ ta qatorda ikkitadan butun son: $l$ va $r$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har bir so'rov uchun alohida qatorda bitta butun son — oraliq yig'indisi.

Izoh

$1 \le n, q \le 10^{5}$
$-10^{9} \le a_{i} \le 10^{9}$
$1 \le l \le r \le n$

Misollar

Kirish #1
5 3
1 2 3 4 5
1 5
2 4
3 3
Chiqish #1
15
9
3
Kirish #2
4 2
-1 10 -3 6
2 3
1 4
Chiqish #2
7
12

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.