Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/matritsa-egar-nuqtalari

Matritsa-27

Egar nuqtalari

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 45%

O'lchamlari $n \times m$ bo'lgan butun sonli matritsa berilgan. Element o'z qatorida eng kichik va ayni paytda o'z ustunida eng katta bo'lsa (qatorida yoki ustunida unga teng elementlar bo'lishi mumkin), u egar nuqta deyiladi. Matritsadagi egar nuqtalar sonini toping.

Qatorda eng kichik va ustunda eng katta bo'lgan egar nuqtasi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita natural son: $n$ va $m$. Keyingi $n$ ta qatorda $m$ tadan butun son.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — egar nuqtalari soni.

Izoh

$1 \le n, m \le 200$
$-1000 \le a_{i,j} \le 1000$

Misollar

Kirish #1
3 3
3 5 4
1 2 6
0 7 8
Chiqish #1
1
Kirish #2
2 2
1 1
1 1
Chiqish #2
4

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.