Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/matritsa-90-gradusga-burish

Matritsa-28

90 gradusga burish

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 47%

O'lchamlari $n \times m$ bo'lgan butun sonli matritsa berilgan. Matritsani soat strelkasi bo'yicha $90^{\circ}$ ga burib, hosil bo'lgan $m \times n$ o'lchamli matritsani chiqaring: asl matritsaning birinchi qatori natijaning oxirgi ustuniga aylanadi.

Matritsani soat strelkasi bo'yicha burish chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita natural son: $n$ va $m$. Keyingi $n$ ta qatorda $m$ tadan butun son.

Chiquvchi ma'lumotlar

$m$ ta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ tadan butun son.

Izoh

$1 \le n, m \le 200$
$-1000 \le a_{i,j} \le 1000$

Misollar

Kirish #1
2 3
1 2 3
4 5 6
Chiqish #1
4 1
5 2
6 3
Kirish #2
1 3
7 8 9
Chiqish #2
7
8
9

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.