Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/matritsa-eng-qimmat-yol

Matritsa-39

Eng qimmat yo'l

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 64%

O'lchamlari $n \times m$ bo'lgan butun sonli matritsa berilgan. Chap yuqori katakdan $(1, 1)$ o'ng pastki katakka $(n, m)$ har qadamda faqat o'ngga yoki pastga yurib boriladi. Yo'ldagi barcha kataklar (boshi va oxiri ham) elementlari yig'indisining eng katta qiymatini toping.

Chap yuqoridan o'ng pastga boradigan eng katta yig'indili yo'l chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita natural son: $n$ va $m$. Keyingi $n$ ta qatorda $m$ tadan butun son.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — eng katta yo'l yig'indisi.

Izoh

$1 \le n, m \le 200$
$-1000 \le a_{i,j} \le 1000$

Misollar

Kirish #1
3 3
1 3 1
1 5 1
4 2 1
Chiqish #1
12
Kirish #2
2 2
-1 -5
-2 -1
Chiqish #2
-4

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.