Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/matritsa-qism-matritsa-yigindisi

Matritsa-38

Qism matritsa yig'indisi so'rovlari

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 2000 ms 128 MB 63%

O'lchamlari $n \times m$ bo'lgan butun sonli matritsa va $q$ ta so'rov berilgan. Har bir so'rovda chap yuqori burchagi $(r_{1}, c_{1})$, o'ng pastki burchagi $(r_{2}, c_{2})$ bo'lgan to'rtburchak qism matritsa beriladi. Shu qismdagi elementlar yig'indisini toping.

Matritsaning berilgan to'rtburchak qismidagi elementlar yig'indisi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda $n$, $m$ va $q$. Keyingi $n$ ta qatorda $m$ tadan butun son. Keyingi $q$ ta qatorda to'rttadan butun son: $r_{1}, c_{1}, r_{2}, c_{2}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har bir so'rov uchun alohida qatorda bitta butun son — qism matritsa yig'indisi.

Izoh

$1 \le n, m \le 300$
$1 \le q \le 10^{5}$
$-1000 \le a_{i,j} \le 1000$
$1 \le r_{1} \le r_{2} \le n$
$1 \le c_{1} \le c_{2} \le m$

Misollar

Kirish #1
3 3 3
1 2 3
4 5 6
7 8 9
1 1 3 3
2 2 3 3
1 2 2 2
Chiqish #1
45
28
7
Kirish #2
1 2 2
5 -5
1 1 1 2
1 2 1 2
Chiqish #2
0
-5

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.