Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/ochkoz-navbatda-kutish

Greedy-01

Navbatda kutish vaqti

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 20%

Bitta kassaga $n$ ta xaridor keldi; $i$-xaridorga xizmat ko'rsatish $t_{i}$ daqiqa davom etadi. Kassir xaridorlarni istalgan tartibda qabul qilishi mumkin. Har bir xaridor o'zidan oldingilarning hammasiga xizmat ko'rsatilguncha kutadi (birinchisi $0$ daqiqa kutadi). Barcha xaridorlarning kutish vaqtlari yig'indisi eng kichik bo'ladigan tartibni tanlab, shu yig'indini toping.

Kassa navbatida xaridorlarning kutish vaqtlari yig'indisi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $n$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta natural son $t_{i}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — eng kichik umumiy kutish vaqti.

Izoh

$1 \le n \le 10^{5}$
$1 \le t_{i} \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
3
5 1 3
Chiqish #1
5
Kirish #2
4
2 2 2 2
Chiqish #2
12

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.