Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/ochkoz-shirinliklar

Greedy-02

Shirinliklarni tarqatish

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 33%

$n$ ta bola va $m$ ta shirinlik bor. $i$-bola o'lchami kamida $g_{i}$ bo'lgan shirinlik olsagina xursand bo'ladi; $j$-shirinlikning o'lchami $c_{j}$. Har bir bolaga ko'pi bilan bitta shirinlik, har bir shirinlik ko'pi bilan bitta bolaga beriladi. Eng ko'pi bilan nechta bolani xursand qilish mumkinligini aniqlang.

Bolalar talablari va shirinlik o'lchamlarini juftlash chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita natural son: $n$ va $m$. Ikkinchi qatorda $n$ ta natural son $g_{1}, \dots, g_{n}$. Uchinchi qatorda $m$ ta natural son $c_{1}, \dots, c_{m}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — xursand bolalarning eng ko'p soni.

Izoh

$1 \le n, m \le 10^{5}$
$1 \le g_{i}, c_{j} \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
3 2
1 2 3
1 1
Chiqish #1
1
Kirish #2
2 3
1 2
1 2 3
Chiqish #2
2

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.