Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/tadbirlar-jadvali

Greedy-03

Tadbirlar jadvali

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 2000 ms 128 MB 45%

Bitta zalda $n$ ta tadbir o'tkazilishi rejalashtirilgan: $i$-tadbir $s_{i}$ vaqtda boshlanib, $e_{i}$ vaqtda tugaydi. Zalda bir vaqtda faqat bitta tadbir bo'lishi mumkin; bir tadbir tugagan vaqtda keyingisi boshlanishi mumkin. Eng ko'pi bilan nechta tadbirni o'tkazish mumkinligini aniqlang.

Vaqt o'qida tadbirlar va bir-biriga to'qnashmaydigan eng ko'p tadbirlar chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $n$. Keyingi $n$ ta qatorning har birida ikkita butun son: $s_{i}$ va $e_{i}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — o'tkazish mumkin bo'lgan tadbirlarning eng ko'p soni.

Izoh

$1 \le n \le 10^{5}$
$0 \le s_{i} \lt e_{i} \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
3
1 3
2 5
3 9
Chiqish #1
2
Kirish #2
4
1 2
2 3
3 4
1 4
Chiqish #2
3

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.