Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/ochkoz-qayiqlar

Greedy-04

Daryodan o'tish

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 56%

$n$ kishi daryodan o'tishi kerak; $i$-kishining vazni $w_{i}$. Har bir qayiq ko'pi bilan ikki kishini oladi va ularning umumiy vazni $C$ dan oshmasligi kerak. Hammani o'tkazish uchun eng kamida nechta qayiq kerakligini aniqlang.

Odamlarni ikki kishilik qayiqlarga joylash chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita natural son: $n$ va $C$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta natural son $w_{i}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — qayiqlarning eng kam soni.

Izoh

$1 \le n \le 10^{5}$
$1 \le w_{i} \le C \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
4 100
60 40 70 30
Chiqish #1
2
Kirish #2
3 50
50 50 50
Chiqish #2
3

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.