~/algor $ cat problems/ochkoz-zallar-soni
Eng kam zallar soni
Örtaça
1000 ms
128 MB
47%
Bir kunda $n$ ta dars böladi: $i$-dars $s_{i}$ vaqtda boşlanib, $e_{i}$ vaqtda tugaydi. Bir zalda bir vaqtda faqat bitta dars ötadi; biror dars $t$ vaqtda tugasa, şu zalda $t$ vaqtda boşqa dars boşlanişi mumkin. Barça darslarni ötkaziş uçun eng kamida neçta zal kerak?
Kiruvçi ma'lumotlar
Birinçi qatorda natural son $n$. Keyingi $n$ ta qatorning har birida ikkita butun son: $s_{i}$ va $e_{i}$.
Çiquvçi ma'lumotlar
Bitta butun son — zallarning eng kam soni.
Izoh
$1 \le n \le 10^{5}$
$0 \le s_{i} \lt e_{i} \le 10^{9}$
Misollar
Kiriş #1
4 9 12 10 11 11 14 13 15
Çiqiş #1
2
Kiriş #2
2 1 5 5 9
Çiqiş #2
1