Asosiy qismga ötiş
Seşanba (24.11.2026) soat 20:00 da: ALGOR Musobaqasi: Round #4 (Special Challenge) boşlanadi!

~/algor $ cat problems/qidiruv-eng-katta-mediana

Eng katta mediana

Qiyin 2000 ms 128 MB 95%
Ulaşiş

$n$ ta natural sondan iborat massiv $a$ va natural son $k$ berilgan. Uzunligi $L$ bölgan ketma-ket elementlar qismining medianasi deb, uning elementlari ösiş tartibida saralanganda $\lfloor (L + 1) / 2 \rfloor$-örinda turgan son aytiladi (masalan, 3 1 2 4 ning medianasi $2$). Uzunligi kamida $k$ bölgan qismlar içida medianasi eng katta bölganining medianasini çiqaring.

Massiv kataklari: uzunligi kamida k bölgan qism ajratilgan, uning saralangan körinişida mediana belgilangan

Kiruvçi ma'lumotlar

Birinçi qatorda ikkita natural son: $n$ va $k$.
Ikkinçi qatorda $n$ ta natural son $a_{i}$.

Çiquvçi ma'lumotlar

Bitta natural son — eng katta mediana.

Izoh

$1 \le k \le n \le 2 \cdot 10^{4}$
$1 \le a_{i} \le 10^{9}$

Misollar

Kiriş #1
5 3
1 2 3 2 1
Çiqiş #1
2
Kiriş #2
4 2
1 2 3 4
Çiqiş #2
3

Yeçim yuboriş uçun tizimga kiring

Röyxatdan ötiş bepul va bir daqiqa oladi.