Asosiy qismga ötiş
Seşanba (24.11.2026) soat 20:00 da: ALGOR Musobaqasi: Round #4 (Special Challenge) boşlanadi!

~/algor $ cat problems/qidiruv-k-chi-ayirma

Juftliklar ayirmasining k-çisi

Qiyin 2000 ms 128 MB 81%
Ulaşiş

$n$ ta butun sondan iborat massiv $a$ berilgan. Har bir juftlik $i \lt j$ uçun $|a_{i} - a_{j}|$ ayirma yozib çiqildi (jami $\frac{n(n-1)}{2}$ ta son). Bu sonlar kamaymaslik tartibida saralansa, $k$-örinda qaysi son turadi?

Son öqidagi nuqtalar va ular orasidagi barça ayirmalar; saralangan ayirmalar içida k-çisi ajratilgan

Kiruvçi ma'lumotlar

Birinçi qatorda ikkita natural son: $n$ va $k$.
Ikkinçi qatorda $n$ ta butun son $a_{i}$.

Çiquvçi ma'lumotlar

Bitta butun son.

Izoh

$2 \le n \le 2 \cdot 10^{4}$
$1 \le k \le \frac{n(n-1)}{2}$
$0 \le a_{i} \le 10^{9}$

Misollar

Kiriş #1
4 3
1 6 3 10
Çiqiş #1
4
Kiriş #2
2 1
5 5
Çiqiş #2
0

Yeçim yuboriş uçun tizimga kiring

Röyxatdan ötiş bepul va bir daqiqa oladi.