Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/navbat-buyruqlari

Stack-02

Navbat buyruqlari

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 33%

Bo'sh navbat va $n$ ta buyruq berilgan. Navbatda birinchi kirgan element birinchi chiqadi: pop va front eng birinchi qo'shilgan (hali chiqmagan) elementga ishlaydi. Buyruqlarni ketma-ket bajaring.

  • push x — butun son $x$ ni qo'shish (hech narsa chiqarilmaydi);
  • pop — elementni olib tashlash va uni chiqarish;
  • front — elementni olib tashlamasdan chiqarish;
  • size — elementlar sonini chiqarish.

Navbat bo'sh bo'lsa, pop va front o'rniga error chiqariladi (navbat o'zgarmaydi).

Yonma-yon turgan navbat kataklari, qo'shish bir uchidan va olish ikkinchi uchidan bajarilishi strelkalar bilan ko'rsatilgan chizma

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $n$. Keyingi $n$ ta qatorning har birida bitta buyruq.

Chiquvchi ma'lumotlar

pop, front va size buyruqlarining har biri uchun alohida qatorda javob: butun son yoki error.

Izoh

$1 \le n \le 10^{5}$
$-10^{9} \le x \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
6
push 5
push 8
front
pop
front
size
Chiqish #1
5
5
8
1
Kirish #2
3
pop
push 2
size
Chiqish #2
error
1

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.