~/algor $ cat masalalar/qavslar-balansi
Stack-03
Qavslar balansi
O'rtacha
1000 ms
64 MB
45%
Faqat (, ), [, ], {, } belgilaridan iborat satr $s$ berilgan. Qavslar to'g'ri joylashganmi? Har bir ochiluvchi qavs o'ziga mos turdagi yopiluvchi qavs bilan to'g'ri tartibda yopilsa, qavslar to'g'ri joylashgan bo'ladi. Masalan, ([]{}) to'g'ri, ([)] esa noto'g'ri.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda satr $s$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Qavslar to'g'ri joylashgan bo'lsa HA, aks holda YOQ.
Izoh
$1 \le |s| \le 2 * 10^{5}$
$s$ faqat (, ), [, ], {, } belgilaridan iborat
Misollar
Kirish #1
([]{})
Chiqish #1
HA
Kirish #2
([)]
Chiqish #2
YOQ