Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/stack-postfiks-ifoda

Stack-04

Postfiks ifodani hisoblash

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 56%

Postfiks yozuvdagi to'g'ri ifoda berilgan: unda amal belgisi o'z ikki operandidan keyin yoziladi, a b - yozuvi $a - b$ ni bildiradi. Masalan, $(3 + 4) * 2$ ifoda 3 4 + 2 * ko'rinishida yoziladi. Amallar: +, -, *. Ifodaning qiymatini toping.

Postfiks ifoda elementlari va har bir amaldan keyingi oraliq qiymatlar ustma-ust kataklarda ko'rsatilgan chizma

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan butun sonlar va amal belgilari.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — ifoda qiymati.

Izoh

Ifodadagi sonlar va amal belgilari jami $3 * 10^{5}$ tadan oshmaydi
Har bir son $0$ dan $100$ gacha
Har bir oraliq qiymat va javob $-10^{18}$ dan $10^{18}$ gacha

Misollar

Kirish #1
3 4 + 2 *
Chiqish #1
14
Kirish #2
5 1 2 + 4 * + 3 -
Chiqish #2
14

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.